BAA chempionati. “Sharja” safarda durang o'ynab, 1-o'ringa ko'tarildi. Shukurov bahsni to'liq o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
18 fev 2021
Musobaqa 17-turidan o'rin olgan navbatdagi bahs “Al Dafra” – “Sharja” o'rtasida bo'lib o'tdi.

Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Mehmonlar xavbeki Otabek Shukurov odatdagidek bahsni to'liq o'tkazdi. Safardan ochko bilan qaytgan “Sharja” turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Jamoa keyingi tur uchrashuvini 26 fevral kuni asosiy raqobatchisi “Al Jazira” bilan o'tkazadi.

“Al Dafra” – “Sharja” 1:1 (1:1, 0:0)

“Shayx Hamdan Bin Zayd” stadioni

Gollar: Velliton 32 – 0:1, Pedro Konde (pen.) 42 – 1:1

“Sharja”: Al Hasani, Markus Meloni, Abdulla G'anim, Shahin Abdulrahmon, Ali Xonxoni, Kayo, Otabek Shukurov, Majid Surur (Sayid Rashid, 78), Martin Pereyra, Igor Koronado, Velliton


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia