BAA chempionati. Masharipov xatosini to'g'rilab, gol urgan bahsda “Shabab Al Ahli” durang o'ynadi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2021
Musobaqa 20-turidan o'rin olgan “Ajman” – “Shabab Al Ahli” uchrashuvda durang qayd etildi.

Jaloliddin Masharipov 37-daqiqada penalti tepish imkoniga ega bo'ldi, ammo uni aniq amalga oshira olmadi. O'yindagi hisob esa 40-daqiqada mezbonlarning gambiyalik hujumchisi Bubakarr Travalli tomonidan ochildi.

2-taym boshida esa Masharipov raqib jarima maydoniga kirib, darvozaga kuchli zarba bergan holda hisobni tenglashtirdi. Bu 27 yoshli futbolchining dubayliklar safidagi ilk goli bo'ldi.

Shu tariqa, o'yinda hisob boshqa o'zgarmadi – 1:1!

Jaloliddin va Odil Hamrobekov bugungi uchrashuvda to'liq harakat qilishdi.

“Shabab Al Ahli” turnir jadvalida 34 ochko to'plab, 5-o'rinda bormoqda.

“Ajman” – “Shabab Al Ahli” 1:1 (1:0, 0:1)

“Ajman” o'yingohi

Gollar: Travalli 40 - 1:0, Masharipov 52 - 1:1

“Ajman” – Al Xosani, Ismoil, Rakan, Igvekali, Al Yamahi, Antonio, Muhammad Ahmad, Husayn Abdulrahmon, Shaytit, Modibo Mayga, Bubakarr Travalli

"Shabab Al-Ahli": Majid Nosir, Volid Abbos, Muhammad Jobir, Muhammad Marzuq, Abdulla Jamil (Abdulaziz Sanqur, 65), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Karatabiya (Al Hasmi), Al Naqbi (Al Hassani, 65), Karlos Eduardo, Igor Jezus

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia