BAA chempionati. Hojimat Erkinovning goli "Al Vahda"ga g'alaba keltirdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2024
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 14-turi doirasida "Al Bataex" - "Al Vahda" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, uchrashuvning 78-daqiqasida o'ng qanotdan uzatmadan keyin jarima maydonchasi markazidagi o'zbekistonlik yarim himoyachi Hojimat Erkinov to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Aynan shu to'p "Al Vahda"ga g'alaba keltirdi.      

Qayd etish lozim, gol urganidan 4 daqiqa o'tib Hojimat o'rnini Ruben Amaralga bo'shatib bergan. 


BAA Chempionati.
"Al Bataex" - "Al Vahda" 1:2
Gollar: Petrus Bumal - Axmad Nurllohi, Hojimat Erkinov. 


BAA chempionati musobaqa jadvali


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia