BAA. Abdullaev qizil kartochka olgan bahsda "Xorfakkan" mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2023
BAA chempionatining 4-turida "Xorfakkan" "Al Vasl"ni qabul qildi.

"Xorfakkan" sharafini himoya qilayotgan Abdulla Abdullaev ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi "Xorfakkan" 2:3 hisobida mag'lub bo'layotganda qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Undan so'ng ushbu jamoaning yana bir futbolchisi ikkinchi sariq kartochka olgani tufayli chetlatildi. Ammo shunga qaramay "Xorfakkan" Juninoning 90 daqiqadagi goli evaziga hisobni 3:3 ko'rinishiga keltirdi.


"Xorfakkan" - "Al Vasl" 3:3

Gollar: Lourensi 52, Al Junaybi 55, Junino 90 - Seferovich 2, Seferovich 7, Lima 14.

Chetlatishlar: Abdullaev 68, Sulaymon 81.


BAA CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia