Azizbek Abdumo'minov: "Nasib bo'lsa, kubokni O'zbekistonga olib kelamiz"

Administrator
5 noya 2025
Qatar mezbonlik qilayotgan U-17 Jahon chempionatining birinchi turida O'zbekiston Paragvayni mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda dubl qayd etgan Azizbek Abdumo'minov o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'zbekiston xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi uchrashuv juda muhim edi. Murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalarni maksimal tarzda bajarishga harakat qildik. Keyingi uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Nasib bo'lsa, kubokni O'zbekistonga olib kelamiz", - Azizbek Abdumo'minov.


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати.