Aziz To'xtaboev: “O'zbekistonda yutib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q”

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016
“Qo'qon-1912” jamoasi sardori Aziz To'xtaboev “Qizilqum”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ertaga qiziqarli, tomoshabop o'yin bo'ladi deb umid qilaman. Biz albatta, o'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba uchun maydonga tushamiz. To'g'ri, bu mavsumda navoiyliklar hali mag'lubiyatga uchramagan. Lekin O'zbekistonda yutib bo'lmaydigan jamoaning o'zi yo'q. O'yinga tayyorgarlik a'lo daraja bo'lib o'tdi. Barcha futbolchilar ertangi bahsga tayyormiz, - deydi To'xtaboev. 

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia