Aziz To'xtaboev: “Hisob o'yinga mos bo'ldi deya olmayman”

Narzulla Saydullayev
23 noya 2019
Coca Cola superliga 24-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

- Bugungi o'yinga aytadigan bo'lsak, raqibga hurmat saqlagan holda aytadigan bo'lsak, hisob o'yinga mos bo'ldi, deya olmayman. Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi. Bugun bizga omad etishmadi. Muxlislarimizga shunday ob-havoda bizni stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat aytamiz.

Oybek Rustamov, Murod Xolmuhammedov va Hojimat Erkinovlar turli terma jamoalar yig'inida bo'lib qaytishdi. Shuning uchun Oybek va Xojimatni zaxiradan maydonga tushirishga qaror qildik.

Yana bir bor aytaman bugungi bahsda bizga omad etishmadi. Futbolchilarga vaziyatlarni golga aylantirishda biroz sovuqqonlik ham etishmadi. Qolaversa AGMK darvozaboni bugungi o'yinda juda ishonchli o'yin namoyish qildi.

Bizni oldinda ikkita vodiy “derbi”si kutib turibdi. Vodiyda “derbi”lar doim jangovor o'tadi. Oldindagi o'yinlarga  faqat g'alaba qozonishni ko'zlagan holda  tayyorgarlik ko'ramiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz