Aziz To'xtaboev: “Biz uchun hozir har bir o'yin finalga teng”

Narzulla Saydullayev
27 avg 2019
Coca Cola superligasi 18-tur “Qo'qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

- Bugungi uchrashuv haqida aytadigan bo'lsam, oson o'yin bo'lmadi. Avvaldan “Nasaf” ko'proq qarshi hujumda xavfli o'yin namoyish etishini bilgan holda, beshta himoyachi bilan harakat qilgandik. Birinchi bo'limda o'yinimiz unchalik qovushmadi. Hujumlarimiz o'xshamay qoldi. Ikkinchi bo'limda raqibga nisbatan yaxshiroq to'p surdik, ko'plab golli vaziyatlar yaratdik. Natijada Xolmuhammedovning individual mahorati evaziga g'alaba qozondik.

Asosiy maqsadimiz bugun gol o'tkazib yubormaslik edi. Negaki, o'z maydonimizda xato qilishga haqqimiz yo'q. Biz uchun hozir har bir o'yin finalga teng. Turnir jadvalidagi o'rnimiz shuni taqozo qiladi. Bugungi o'yinga maxsus reja bilan maydonga tushgandik.

Bugungi g'alabamiz Qo'qon halqiga  mustaqillik bayrami oldidan o'ziga xos  sovg'a bo'ldi. Barcha muxlislarimizni kelayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklayman . Ularga bizni qo'llab turishgani uchun cheksiz minnatdorligimni bildiraman.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz