

Kuni kecha O'zbekiston kubogi nimchorak finalida “Andijon”ga qarshi bellashuvda joriy yilning fevral oyida 16 yoshni qarshi olgan Aziz o'yinning 55-daqiqasida Farruh Sayfiev o'rniga maydonga tushirildi. Umuman mazkur bellashuvda “Nasaf” tarkibida bir yo'la to'rt nafar futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari harakat qildi. Odiljon Hamrobekov (18 yosh) 90 daqiqa maydonda harakat qilgan bo'lsa, Doniyor Narzullaev (19 yosh), Najmiddin Normurodov(19 yosh) va Aziz G'aniev ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushirildi.



