Azar "Manchester Siti"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
27 yanv 2020
"Real" vingeri Eden Azar 1 fevral kuni "Atletiko"ga qarshi o'yingacha safga qaytmaydi.

"AS" xabariga ko'ra, o'tgan haftada futbolchi to'p bilan mashg'ulot o'tkazgan. Biroq "qaymoqranglilar" tibbiyot shtabi futbolchining o'yinlarga qaytishiga ruxsat bermagan.

"Real" futbolchini 26 fevral kuni YCHL 1/8 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'tadigan o'yinga qadar safga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Eden noyabr oyi oxirlariga jarohatlangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS