Azar: "Karlo Anchelotti menga ishonadimi? Buni undan so'rash kerak"

Alisher
25 sen 2022
"Real" futbolchisi Eden Azar klubdagi vaziyati haqida gapirdi.

"Menga Karlo Anchelotti ishonadimi? Buni undan so'rash kerak. O'ynashni va o'zimni ko'rsatishni xohlayman. Menga "Real" yoqadi. Shunchaki kam o'ynayapman, ammo maydonga chiqqanimda, barcha kuchimni ishga solaman.

Bu osonmas. Ko'proq o'ynashni xohlayman va mendan foyda bo'lishini bilaman. Tempni yig'ish uchun qaytdim, ammo menga shunchaki o'yin amaliyoti kerak", - deydi futbolchi.

Azar joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: soccer.ru