Azar Belgiya terma jamoasi ixtiyoriga yetib keldi

Alisher
26 mar 2021
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar milliy jamoada.

U ayni damda shifokorlar bilan maslahatlashmoqda. Bu haqda terma ustozi Roberto Martines xabar bermoqda.

"Ha, u biz bilan. Biz o'yinchiga nima kerak bo'lsa barchasini berish uchun doim "Real" bilan aloqadamiz. U hozirda o'ynamaydi, ammo bu erdagi va Madriddagi shifokorlar bilan ishlaydi", - deydi Martines.

15 martda Azarning operaciya qilinishi mumkinligi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan edi.

Futbolchi so'nggi bor 13 martda "Elche"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BelRedDevils