

"Ayni damda biz yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazmayapmiz va mavsum yakunlanishini kutmoqdamiz. Xotirjamman. Hammasini muhokama qilamiz. Agar kelisha olmasak, boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz. Hozir "Chelsi"da baxtliman. Terma jamoadan qaytganimdan so'ng, klub bilan kelajagim borasida suhbatlashamiz.
Agar shartnomamni uzaytirsam, Lukakuni xarid qilish uchun "Chelsi"ning puli etmay qolishi mumkin! Hazil. Kim kelishidan qatiy nazar, yangi mavsumga tayyor bo'lamiz" - deydi Azar.



