A'zamov va Suyunov bugun "Paxtakor"da tibbiy ko'rikdan o'tishadi

"Paxtakor" bugun "Nasaf" futbolchilari Sherzod A'zamov hamda Eldorbek Suyunovning transferini rasmiylashtirishi kutilmoqda.


Bu ikki futbolchi ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi.

"Paxtakor"ning bo'lajak futbolchilari bugun tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Shundan so'ng katta ehtimol bilan klub va futbolchilar o'rtasida shartnoma imzolanadi. Klub bugunoq A'zamov va Suyunovning transferini rasman e'lon qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bugundan Shota Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor" jamoasi yozgi tatildan keyin yig'inga kirishadi.

Shota Arveladze bugun "sherlar" bosh murabbiyi sifatida o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazadi.


Manba: championat.asia