Azamat Allaniyozov ketma-ket beshta o'yinda gol urdi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2013
Qarshining “Nasaf” klubi yosh hujumchisi Azamat Allaniyozov ajoyib natijaga erishdi.
Mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan Azamat oliy ligada o'tgan to'rtta turda maydonni golsiz tark etmagandi. Futbolchi “So'g'diyona”, “Dinamo”, “Qizilqum” va “Guliston”ga qarshi o'yinlarda bittadan gol urishga erishgandi. 14-tur doirasida Qarshida bo'lib o'tgan “Nasaf” – “Guliston” uchrashuvida aynan Azamat Allaniyozov hisobni ochdi! 1989 yilda tug'ilgan hujumchining mavsumdagi gollari soni 6taga etdi.

"Nasaf" keyingi o'yinni 10 avgust kuni "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia