A'zam Aliev: “Vaziyatlarning faqat 3tasidan foydalandik xolos”

Narzulla Saydullayev
28 noya 2016
Bugun oliy liga o'tish bahsida Namanganning “Navbahor” hamda “Norin” jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Ushbu uchrashuvda “Navbahor” klubining qo'li baland keldi (3:1).

Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng “Navbahor” jamoasi futbolchisi A'zam Aliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Uchrashuv juda ham qiyin o'tdi. Maydon deyarli qordan kuralmagan edi. Shunday bo'lsada qo'limizdan kelgancha g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Golga tortadigan bir qator vaziyatlar yarata oldik. Ulardan faqat 3tasidan unumli foydalana oldik xolos.

Jamoadoshim maydondan chetlatilganidan so'ng biroz noqulay holatga tushib qoldik. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat aytaman”, - deydi “Navbahor” futbolchisi A'zam Aliev.

Jahongir Sotvoldiev



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia