

Bu safar Vyacheslav Soloxo shogirdlari Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi va kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi. Ilk turda vakilalarimiz Falastin terma jamoasidan 6:0 hisobida ustun kelishgandi. Endi terma jamoamiz 15 mart kuni hal qiluvchi o'yinda mezbon iordaniyalik futbolchilar bilan hisob-kitob qiladi.



