

Saralash bahslarida O'zbekiston sharafini "Nasaf" ayollar jamoasi himoya qiladi. "Ajdarlar" OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun "C" guruhida Malayziyaning "Sabah" va Nepalning "APF" klubiga qarshi o'ynaydi.
Saralash bosqichi o'yinlari 25dan 31 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi.
Agar "Nasaf" bahslarni muvaffaqiyatli yakunlasa guruh bosqichida "Vuxan Jianda" (Xitoy), "Xyonde Stil Red Angels" va "A" saralash guruhi g'olibi bilan o'ynaydi.




