“Ayntraxt” Yevropa Ligasining 5 ta o'yinida 15 ta gol urgan ilk nemis jamoasi bo'ldi

“Ayntraxt” Yevropa Ligasi 5-turida “Marsel”ni 4:0 hisobida engdi.

Shu tariqa “Ayntraxt”ning ortda qolgan 5 turda urgan gollari soni 15 taga etdi. Hech qaysi nemis jamoasi Yevropa Ligasida bunday ko'rsatkich qayd etmagan edi. Jamoa “Apollon”ni 2 marta (3:2, 2:0), “Lacio” (4:1) va “Marsel”ni (2:1) hisobida mag'lub etgandi. “Ayntraxt” so'nggi turda “Lacio” maydoniga safar qiladi.


Manba: Opta