Ayaks va Gana terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Yakubu vafot etdi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2017
Gollandiyaning Ayaks klubi va Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Abubakari Yakubu hayotda ko'z yumdi.

Amsterdam klubida u 1999-2004 yillarda o'ynagan.

2005 yilda Vitessga o'tgan va 2009 yilga qadar shu klubda faoliyat olib borgan.

Ayaks bilan Yakubu ikki marta (2001/02 va 2003/04) Gollandiya chempioni bo'lgan.

Seshanba kuni 35 yoshli futbolchi Gananing Tema shahrida vafot etdi. Uning vafoti sabablari ma'lum emas.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com