Axbor Imomxo'jaev xotira turniriga qur'a tashlandi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023
O'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni, futbolimiz sharhlovchiligi maktabi asoschisi Axbor Imomxo'jaev xotirasi yo'lida futbol musobaqasi o'tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida avval xabar berilganidek, 8 ta jamoa ishtirok etadi: "Paxtakor" (faxriylar), "Tong" (faxriylar), O'FA (faxriylar), "Jurnalist" (faxriylar), shuningdek, Championat.asia, Sports.uz, "Sharhlovchi", "Sulola". 

Alohida aytish joiz, Axbor Imomxo'jaev bir necha yil mobaynida "Paxtakor"da faoliyat yuritgani bois ushbu jamoa faxriylar jamoasi musobaqada qatnashmoqda. Shuningdek, "Sulola" jamoasi ustoz jurnalist avlodlaridan iborat tarkibga ega.

Sal oldin "Bunyodkor" stadionida mazkur xotira turniriga qur'a tashlandi. Unda jamoalar qaysi turda o'zaro raqib bo'lishi masalasiga oydinlik kiritildi.

Musobaqa taqvimi

Musobaqa nizomiga ko'ra, faxriy jamoalar alohida, qolgan to'rt jamoa alohida dastlabki uch kun davomida o'zaro maydonga tushadi. Musobaqaning so'nggi kunida esa guruhlardagi jamoalar o'zaro o'rinlar uchun saf tortadi.

Avvalroq jamoalarning musobaqa uchun tarkiblarini e'lon qilgan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia