

"Avstraliya termasi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi-2023 musobaqasi saralashida ishtirok etishni rad etdi.
"H" guruhidagi o'yinlar Iroqda bo'lib o'tishi kerak edi va Avstraliya futbol federatsiyasi jamoani ushbu mamlakatga jo'natish xavfsiz emas deb hisobladi.
Qizig'i shundaki, ushbu guruhda Hindiston termasi o'ynashi kerak edi. Ammo, ushbu mamlakat futbol federatsiyasi FIFA tomonidan diskvalifikaciya qilingan va katta ehtimol bilan guruhda atigi ikkita jamoa qoladi - Iroq va Kuvayt.
Ushbu guruh g'olibi ikkita o'yin bilan aniqlanishi ayon. Guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoa kelasi yilning martida O'zbekistonda o'tadigan musobaqaning final bosqichi uchun davogarlik qila olmaydi", – deyiladi taniqli mutaxassis xabarda.



