

Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Mitchell Dyuk O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Saytimizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra "Sokkeruz" a'zosi son qismidan olgan jarohati sababli terma jamoamizga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Ma'lumot o'rnida, Mitchell Dyuk markaziy hujumchi poziciyasida o'ynaydi va Suriya hamda Hindiston terma jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.




