Auzilio: "MYU vakillari bilan uchrashib turayotganimiz rost"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 14:44
"Inter" sport direktori Pero Auzilio "Manchester Yunayted" vakillari bilan Romelu Lukakuning transferi borasida muzokaralar olib borayotgani borasida gapirdi.

"Ha, "Manchester Yunayted" bilan hujumchi Romelu Lukaku borasida muzokaralar olib borayotganimiz rost. Bu ikki buyuk klublar o'rtasidagi oddiy rasmiy muloqotlardan biri va bundan fantastik xabarlar to'qish shart emas", - dedi Auzilio.

Oldinroq "Manchester Yunayted" belgiyalik hujumchi uchun "Inter"dan 85 million evro so'rayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal