Audi "Real" futbolchilariga qaysi mashinalarini sovg'a qildi? (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
25 noya 2017
23 noyabr kuni Madridning "Real" prezidenti Florentino Peres boshchiligidagi "Qirollik klubi" futbolchilari "Karlos Sayns-centre"da Audi tomonidan tashkil etilgan tadbirga tashrif buyurishdi.

Futbolchilar maxsus uniformani kiyib, poyga simulyatorlarida musobaqalashishdi va unda himoyachi Dani Karvaxal g'olib chiqdi. Jamoaviy foto va esdalik sovg'alari almashilgandan so'ng Zinedin Zidan bilan birga asosiy tarkib futbolchilariga alohida mashina sovg'a qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlarda Audi kompaniyasi futbolchilarga qaysi mashinalarini sovg'a qilgani e'lon qilindi.

Q7 Sport 3.0 TDI 272cv 8 speed (272 ot kuchi) - Luka Zidan, Borxa Mayoral, Ashraf Hakimi, Dani Sebalos, Daniel Karvaxal, Mateo Kovachich, Kasemiro, Luka Modrich, Garet Beyl, Isko.


SQ5 3.0 TFSI 354cv 8 speed (354 ot kuchi) - Toni Kroos


Q7 e-tron sport 3.0 TDI 8 speed (373 ot kuchi) - Xesus Valexo, Teo Ernandes, Markos Lorente


RS6 Performance 4.0 TFSI 605cv 8 speed - Marselo, Nacho, Rafael Varan


RS5 2.9 TFSI 8 speed - Lukas Vaskes, Karim Benzema


SQ7 4.0 TDI 8 speed - Kiko Kasilya


RS7 per 4.0 TFSI 8 speed - Keylor Navas, Krishtianu Ronaldu


S5 3.0 TFSI 8 speed - Marko Asensio


R8 Spyder 5.2 FSI 540 7 speed - Serxio Ramos


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia