“Atletiko” yarim himoyachisi yozda MLSga yo'l olishi mumkin

Eldor Akmurzayev
21 fev 2022
“Atletiko” a'zosi Ektor Errera faoliyatini MLSda davom ettirish ehtimoli bor.

Meksikalikning xizmatlariga “Xyuston Dinamo” qiziqmoqda. Jamoa unga yuqori maosh taklif qilib, asosiy tarkib futbolchisiga aylantirmoqchi.

Erreraning transfer narxi 5 mln evroga baholanmoqda.

Xavbek 2019 yildan beri “matraschilar” sharafini himoya qilib keladi. Avvalroq, u 6 yil davomida “Portu”da o'ynagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: MLSsoccer.com