"Atletiko" video lavha orqali birinchi penalti belgilashni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016
"Atletiko Nasonal" "Kashima Antlers"ga qarshi klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finali uchrashuvida ishlagan Viktor Kashshaining qaroridan norozi.

Hakam qo'pollikni aniqlash uchun video assistentdan yordam so'rad va  penalti belgiladi.

Keyinroq "Kashima Antlers" futbolchisi penaltigacha bo'lgan vaziyatda offsaydda ekanligi aniqlandi, ammo hakamlar buni ko'rmay qolishdi. "Atletiko" himoyachisi Farid Diasning fikricha, bundan so'ng jamoa ruhan singan.

"Bu qaror o'yin taqdirini hal qildi. Biz o'yinda ustunlik qilayotgan edik, ammo hakam bizni ruhan sindirdi" - deydi Dias.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP