"Atletiko" Tripperga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
26 may 2021, 13:54
Qanot himoyachisi Kiran Tripper Madridning "Atletiko" klubi bilan yangi mehnat shartnomasi imzolashi mumkin.

"Matraschilar" rahbariyati angliyalikka o'zga klublarning qiziqishidan himoyalanish uchun o'yinchi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. MYU Tripper bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Kevin "Atletiko"ga 2019 yilning yozida Londonning "Tottenxem" klubidan o'tgan edi. Uning ispan grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.

Himoyachi joriy mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph