"Atletiko" Tripperga o'rinbosar sifatida to'rt o'yinchini ko'rib chiqmoqda

Alisher
11 yanv 2022
Madridning "Atletiko" klubi Kiran Tripperni "Nyukasl"ga sotganidan so'ng yangi qanot himoyachisi qidirish bilan shug'ullanmoqda.

Madridliklar qiziqishlari doirasida ushbu futbolchilar bor: Nelson Semedu, Sedrik Soaresh, Sesar Aspilikueta va Daniel Vass. Madridliklar o'yinchilarning agentlari bilan dastlabki muzokaralarga kirishdi va ko'proq mos tushadigan variantni tanlashga harakat qilmoqda.

Tripper o'tgan hafta so'nggida "matraschilar"ni tark etdi. OAV xabariga ko'ra, angliyalik 15 mln evroga sotilgan.


AlisherMuallif
Manba: ESPN