"Atletiko" sardori narkobaron? Portugaliya telekanali "kalla qo'ydi"

Alisher
22 noya 2019
Portugaliyaning CMTV telekanali o'zining efirida "Atletiko" sardori Koke katta miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlanganligini xabar qildi.

Kokening suratlari efirda namoyish etildi va u katta miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlangani xabar qilindi.

Aslida esa bu voqea "Malaga"ning sobiq o'yinchisi Kontreras Pardo bilan sodir bo'lgan edi va u ham Koke nomi bilan mashhur.

Taxminlarga ko'ra, sobiq futbolchi guruh yetakchilaridan biri bo'lgan. Uni hibsga olish jarayonida 150dan ortiq harbiy qatnashgan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo