"Atletiko" PSJ hujumchisi bilan muzokaralar o'tkazmoqda

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018, 11:55
"Atletiko" vakillari PSJ forvardi Edinson Kavani agenti bilan uchrashishdi va futbolchining transferi borasida muzokaralar o'tkazishdi.

Agar Antuan Grizmann "Barselona"ga o'tsa, Kavani "Atletiko"ning asosiy transfer maqsadiga aylanadi.

Diego Simeone Kavani bilan telefon orqali shaxsan suhbatlashdi, shundan so'ng futbolchi "Atletiko"da o'ynashga tayyorligini bildirdi.

31 yoshli urugvaylikning agenti va klub vakillari bilan uchrashuv Madridda bo'lib o'tdi. Agar Grizmann "Atletiko"da qolsa, Kavani transferi amalga oshmaydi.

Urugvaylik forvardning PSJ bilan shartnomasi 2020 yilgacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana