"Atletiko" PSJ futbolchisi bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
23 dek 2019
PSJ hujumchisi Edinson Kavani "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

Ispaniya klubi 32 yoshli urugvaylik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Faqatgina bitim imzolanishigacha "Atletiko" klubi maoshlar uchun ajratgan mablag'lari limitidan oshib ketmasligi kerak.

Shuningdek klublar Kavanini yanvarda transfer qilish bo'yicha shartlar bo'yicha kelishib olishmadi.

Kavanining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com