"Atletiko" Portugaliya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma tuzdi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2018
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Jelson Martinsh erkin agent sifatida "Atletiko" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda madridliklar matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar 6 yillik shartnomaga imzo chekishdi. Martinshning erkin agent sifatida ispan klubiga o'tganiga sabab u "Sporting" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.



23 yoshli Jelson "Sporting" tarkibida 140ta o'yin o'tkazib 27ta gol urgan va 30ta golga assistentlik qilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com