"Atletiko" o'rtoqlik o'yinida yutqazdi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2021
"Matraschilar" Niderlandiyaning "Feyenoord" klubiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv shiddatli kurashlarga va janjallarga boy bo'ldi.

O'yin durang bilan yakunlanish arafasida niderlandiyaliklar 90+3 daqiqada tup kiritib, g'alabani ilib ketdi.

Qayd etib o'tish joizki, madridliklar futbolchisi birinchi taymda maydondan chetlatildi.


Feyenoord (Niderlandiya) – Atletiko (Ispaniya) 2:1 (1:0, 1:1)

8 avgust, 20.00, "Feyenoord"

Gollar: 1:0 – 18 Linssen, 1:1 – 83 Korrea, 2:1 – 90 Bannis.

Feyenoord – Beylo (Marciano, 46), Senesi (Burger, 63), Trauner (Fer, 46), Pedersen (Xendriks, 63), Malasia (Teysheyra, 66), Til (Bannis, 67), Kekchyu (Hartjes, 66), Djaxanbaxsh (Bojenik, 46), Tornstra (Milambo, 65), Sinisterra (Xaps, 46), Linssen (Antonuchchi, 63).

Atletiko – Oblak, Ximenes (Sanches, 63), Ermoso, Peres (Vrsalko, 46), Simeone (Korrea, 58), Saul (Kamelo, 79), Koke (Serrano, 46), Lorente (Errera, 46), Karrasko, Lemar (Kondogbia, 46), de Paul (Aryas, 58).

Ogohlantirishlar: Trauner (45), Vrsalko (86).

Chetlatish: Karrasko (41).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia