"Atletiko Nasonal" "Shapekoense"ni chempion deb e'lon qilishlarini so'ramoqda
Narzulla Saydullayev
29 noya 2016
Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" klubi Janubiy Amerika futbol konfederacieyasidan (KONMEBOL) "Shapekoense"ni Janubiy Amerika kubogi sohibi deb e'lon qilinishini so'ramoqda.
"Shapekoense" futbolchilari o'tirgan samolyot Kolumbiyaga uchayotganida halokatga uchradi. Klub tunda Janubiy Amerika kubogi dastlabki finali doirasida "Atletiko Nasonal" bilan bahsga uchayotgan edi.