"Atletiko" "Napoli" futbolchisi sotib olishga yaqin

Alisher
24 iyun 2019
Elsid Xisay "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

Xabarlarga ko'ra, "Napoli" 25 million so'raganiga qaramasdan, uning transferi "matraschilar" uchun 20 million evroga tushadi.

"Napoli" himoyachisi yakunlangan mavsum klub safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assistga erishgan.

25 yoshli albaniyalik futbolchi Italiyaning "Empoli" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012 yildan 2015 yilgacha "Empoli" jamoasida harakat qilganidan so'ng "Napoli" futbolchini sotib olgan.

Xisay 2013 yildan e'tiboran Albaniya terma jamoasi futbolchisidir.



AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport