"Atletiko" mozambiklik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
17 yanv 2022
"Altetiko" tarkibini "Lill" chap qanot himoyachisi Reynildu Mandava bilan to'ldirishi mumkin.

Madrid klubi "Lill" bilan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan mozambiklik futbolchiga taklif tayyorladi.

Reynilduga o'tgan yozda "Napoli" va "Portu" klublari qiziqish bildirgan edi. Futbolchining klubi bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli kam.

Mandava joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 6ta sariq kartochka bilan "siylandi".


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe