"Atletiko" Grizmanni qaytarib olishga rozi, ammo shartlar jiddiy...

Sherzod Nurmatov
28 sen 2022
Madrid klubi "Barselona" bilan hujumchi Antuan Grizmann borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Kataloniya klubi tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz transferlarirdan biri, deya etirof etilayotgan futbolchini "matraschilar" uning shartnomasida keltirib o'tilganidek, 40 mln evroga emas, balki 20-25 mln’ga loyiq, deb bilishyapti. Fransiyalik futbolchi agar maydonga tushgan o'yinlarining yarmida 45 daqiqa harakatlanadigan bo'lsa, ushbu band kuchga kirishi belgilangan edi. 

Shuningdek, Grizmann maoshining qisqartirilishiga rozi bo'lgan holda "Civitas Metropolitano"ga kelgan edi. Endi butunlay sotib olish uchun ham u maoshining yana bir qismidan voz kechishga majbur bo'lmoqda.

Antuan Grizmann ushbu mavsumda "Atletiko" safida jami 8 ta o'yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 3 ta gol va 1 asist mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca