"Atletiko" Grizmann uchun 20 million taklif qilgan, "Barsa" esa buni rad etgan

Aziz Tukhtamuradov
17 sen 2022
"Atletiko" Antuan Grizmanni to'liq sotib olish uchun yozda "Barselona"ga 20 million evro taklif qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar shartnoma bandlarini eslatgan holda ushbu taklifga rad javobini berishgan. 

Hujumchi ayni paytda "Atletiko"da ijara asosida to'p tepmoqda. Agar u ikki mavsum davomidagi 50 foiz o'yinlarda kamida 45 daqiqadan o'yin o'tkazsa, madridliklar uni 40 million evro evaziga sotib olishlari shart. 

Antuan ketma-ket ettita o'yinda 60-daqiqadan so'ng maydonga tushmoqda. "Atletiko" buni atayin 40 million to'lamaslik uchun amalga oshirmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Cadena Ser