"Atletiko" Gallaxer qaror qabul qila olmayotgani sabab "Valensiya" bilan Gerraning 25 mln evrolik transferini kelishib qo'ydi

Alisher
5 avg 2024
Xavi Gerra "Atletiko"ga o'tishga yaqin.

Madridliklar "Valensiya" bilan yarim himoyachining transferini kelishib oldi. U 25 mln evro va bonuslar, shuningdek keyingi sotuvdan foizni o'z ichiga oladi. Hali o'yinchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olingani yo'q.

"Atletiko"ning 21 yoshli xavbek variantiga o'tishida "Chelsi" o'yinchisi Konor Gallaxerning qaror qabul qila olmayotgani sabab bo'ldi. Angliyalik haligacha o'z rejalarini xabar qilgani yo'q.

Gerra Ispaniya poytaxti jamoasiga o'tishga tayyor va buni oldinga tashlangan qadam sifatida ko'rmoqda. U oldinroq "Jirona" va "Sosedad"dan taklif olgan, ammo "Valensiya"dan ketishni xohlamagandi.

Xavi o'tgan mavsum La Ligada 36ta o'yinda 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca