"Atletiko" futbolchisi Santyago Arias La Liganing boshqa klubiga o'tdi

Alisher
31 avg 2021, 09:47
"Granada" "Atletiko" himoyachisi Santyago Ariasni ijaraga oldi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Bitim bir mavsumga mo'ljallangan.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Bayer"da o'tkazdi. U faqatgina bitta o'yinda maydonga tushdi, bunga sabab sinish jarohatidir.

Transfermarkt o'yinchini 6 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: granadacf.es