"Atletiko" futbolchisi: "Jamoa mening o'yin uslubimga to'g'ri kelmaydi, ular judayam himoyaviy jamoa"

Alisher
8 iyun 2019
"Atletiko" yarim himoyachisi Jelson Martinsh mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Monako"da o'tkazdi.

- Men "Atletiko"ga qaytishni xohlamayman. Mening o'yin uslubim Diego Simeonening g'oyalariga to'g'ri kelmaydi. U juda ham himoyaviy jamoa quradi, - deydi Martinsh.

Martinsh o'tgan mavsum "Monako" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assistni amalga oshirdi. Uning "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Via Record