"Atletiko" futbolchisi "Al-Sadd"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018
"Atletiko" yarim himoyachi Gabi Fernandes "Al-Sadd"ga o'tdi.

Tomonlar 2 yillik bitimni imzolashdi.

Gabi 2015 yildan beri "Al-Sadd" sharafini himoya qilayotgan "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi bilan bir jamoada to'p tepadi.

Oldinroq, Qatar klubi 34 yoshli futbolchiga 19 mln. evrolik 3 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/AlsaddSC