"Atletiko" Diego Kostani sotib olib, keyin ijaraga berib yubormoqchi

Tolibjon Qosimov
16 avg 2017, 20:27
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta baribir ushbu yozda "Atletiko"ga o'tadigan ko'rinadi.

Bu haqda "La Voz de Galicia" xabar berdi. Keltirilishicha, "matraschilar" forvardni sotib olishadi va "Deportivo"ga ijaraga berib yuborishadi. Sababi, madridliklar 2018 yilning 1 yanvariga qadar yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olishmaydi. Shu bilan birga, "Atletiko" Kosta maoshining bir qismini to'lab boradi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Voz de Galicia