"Atletiko" "Betis" futbolchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
12 apr 2022
"Atletiko" "Betis" yarim himoyachisi Gvido Rodrigesga qiziqmoqda.

28 yoshli argentinalik madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeonening maqsadi hisoblanadi.

"Betis" 30 million evro miqdorida taklif olsa, futbolchi bilan xayrlashishga rozi bo'ladi.

Rodriges 2021/22 yilgi mavsum "Betis" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Estadio Deportivo