"Atletiko" "Barselona" sobiq o'yinchisini nishonga oldi

Alisher
19 okt 2020
"Xetafe" himoyachisi Mark Kukurelya faoliyatini boshqa bir ispan klubida davom ettirishi mumkin.

22 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan qishki transferlar oynasida shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rishadi.

Transfermarkt o'yinchining narxini 20 million evroga baholamoqda.

Himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning "Xetafe" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Don Balon