"Atletiko" "Barselona" o'yinchisi uchun 50 mln evro atrofida mablag' tayyorlab qo'ydi

Alisher
12 fev 2025
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Roxiblankos" xavbek uchun deyarli 50 mln evro taklif qilishga tayyor. "Atletiko" "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda asosiy tarkibga kirmayotgan o'yinchini sotishga rozi bo'ladi deb taxmin qilmoqda.

Transfermarkt portali Fermin Lopesni 50 mln evroga baholamoqda. Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional