"Atletiko" "Barselona" futbolchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2024
Himoyachi Kleman Langle ijara asosida "Barselona"dan "Atletiko"ga o'tdi, deya xabar berdi Madrid klubi matbuot xizmati.

29 yoshli fransiyalik bilan kelishuv 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.



Langle so'nggi ikki mavsumni "Tottenxem" va "Aston Villa"da ijarada o'tkazdi.

Diego Simeone boshchiligidagi jamoa navbatdagi turda 28 avgust kuni "Espanol"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com