

Klublar 24 yoshli hujumchining transferi bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Madridliklar 55 million evro (46,8 mln funt) va bonuslar ko'rinishida 15 mln evro (12,2 mln funt) taklif qilishmoqda.
Bu narx "shaharliklar"ning talablariga to'g'ri kelmaydi – ular o'yinchini 70+20 mln funtga baholashmoqda. "Atletik" ushbu bitim bo'yicha pessimistik kayfiyatda.
Oldinroq, Alvares bilan shartnoma imzolashga PSJ ham qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi.
Argentinalik o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.



