"Atletiko" 22 yoshli braziliyalik vingerni o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
8 iyul 2022
"Jil Visente" vingeri Samuel Lino faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettiradi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Lino ispan grandi bilan 2027 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali bitimni 6,5 mln evroga baholamoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com